Qumqo‘rg‘on tumanidagi Agrosanoat texnikumi xodimi A.M.ga pul zarur bo‘lib qoladi. U o‘ylay-o‘ylay texnikumga shu yil o‘qishga qabul qilingan talabalarni chuv tushirmoqchi bo‘ladi. U talabalarni aldab, 2021 yil o‘quv yili uchun qisman kontrakt pullarini to‘lab berishini aytadi.
A.M. Xalqobod mahallasida yashovchi M.B.dan 1000000 so‘m, Azlarsoy mahallasida yashovchi X.Q.dan 1500000 so‘m, Bog‘aro mahallasida yashovchi J.I.dan 1045000 so‘m va boshqalardan jami 5400000 so‘m pullarni olib, o‘zlashtirib ketadi.
Talabalardan birining ota-onasi buni payqab qolgach, tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi. Va A.M.ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.