Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qudratxo‘jayev boshchiligidagi universitet OAVning cho‘ntagi haqida qayg‘uryapti

Qudratxo‘jayev boshchiligidagi universitet OAVning cho‘ntagi haqida qayg‘uryapti

Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti talabalarga ta’lim berish bilan cheklanib qolmay, O‘zbekiston mediasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning xodimlari malakasini oshirish ustida ham qayg‘uryapti.
 
Kuni kecha universitet tomonidan ommaviy axborot vositalarining marketolog, prodyuser va jurnalistlariga “Media menejment asoslari” nomli 4 kunlik seminar-trening tashkil etildi. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti va “Deutsche Welle” akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan seminar-treningda “Qalampir.uz” xodimi ham ishtirok etdi.
 
O‘z-o‘zini boqish ommaviy axborot vositalari oldidagi eng katta masalalardan biri sanaladi. Ba’zan eng zo‘r, deb e’tirof etilgan OAV marketingni yuritishda ancha no‘noq bo‘ladi. OAV o‘z-o‘zini boqa olishi, birovga qaram bo‘lmasligi esa uning mustaqilligini yanada mustahkamlaydi. Tanqid va tahlil kuchayishiga sababchi bo‘ladi.Kecha, 14 sentyabr kuni to‘rt kunlik seminar-trening yakuniga yetdi. “Deutsche Welle” akademiyasi koordinatori Lidiya Ranert va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jayev seminar-trening ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar topshirdilar. 

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 17:33 15.09.2018. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!