Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Qozoqcha-turkcha yangi yetti jildli lug‘at nashr etildi

Qozoqcha-turkcha yangi yetti jildli lug‘at nashr etildi

155 mingdan ortiq lug‘at maqolasini o‘z ichiga olgan ushbu nashr ustida olimlar to‘rt yil davomida ish olib bordi.

Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti turkshunoslik sohasidagi eng yirik leksikografik loyihalardan biri hisoblangan yetti jildli qozoqcha-turkcha lug‘atni tayyorlash ishlarini yakunladi.

Universitet ma’lumotiga ko‘ra, lug‘at ustidagi ishlar to‘rt yil davom etgan. Loyiha turkiy tillarni o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish, shuningdek, turkiy xalqlarning umumiy til va madaniy merosini saqlashga qaratilgan.

Lug‘atni tayyorlash jarayonida tadqiqotchilar qozoq adabiyotining taxminan 1,5 mingta asarini tahlil qilgan. Ulardan 787 tasi asosida hajmi 30 millionga yaqin so‘zdan iborat til korpusi shakllantirilgan.

Lug‘atning asosini Qazaq Sözdigi tashkil etgan. Korpus materiallaridan foydalanish natijasida lug‘at maqolalari soni 155 mingtaga, so‘z ma’nolari esa 190 mingdan ortiqqa yetkazilgan.

Nashr Xalqaro Turk akademiyasi tasdiqlagan 34 harfli Umumturkiy alifbo asosida tayyorlangan. Shu bilan birga, lug‘atda so‘zlarning kirill yozuvidagi variantlari ham keltirilgan. Mualliflar fikricha, bu Qozog‘istonning lotin yozuviga o‘tish jarayoniga ko‘maklashadi.

Lug‘at klassik va zamonaviy qozoq adabiyotidan olingan misollar, shuningdek, batafsil izohlar bilan boyitilgan. Loyiha mualliflari ushbu nashr turkiy tillar va madaniyatini o‘rganuvchi olimlar, o‘qituvchilar, talabalar hamda keng kitobxonlar uchun muhim qo‘llanma bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 22:29 07.08.2026. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!