Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon o‘rtasida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon o‘rtasida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

G‘arbiy Qozog‘istondagi Mang‘istau viloyatida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida «Birlestik-2024» mintaqaviy xalqaro o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Harbiy manevrlar Oymasha poligonida, shuningdek, Tokmak burnidan ikki kilometr uzoqlikdagi dengiz uchastkasida bo‘lib o‘tadi», — deyiladi vazirlik bayonotida.

8 iyuldan 17 iyulgacha harbiy kontingentlar o‘quv mashg‘ulotlari doirasida qurolli to‘qnashuvni mahalliylashtirish bo‘yicha qo‘shma operasiyani tayyorlaydi va o‘tkazadi.

Mashg‘ulotlarga 4 mingga yaqin harbiy xizmatchi hamda 700 tagacha qurol va harbiy texnika jalb etiladi. Taktik epizodlar quruqlik va havo razvedka guruhlari, dengiz maxsus kuchlari, armiya va front aviasiyasi ekipajlari, harbiy kemalar va katerlar, artilleriya ekipajlari, hujum va tank bo‘linmalari ishtirokida o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotlar doirasida madaniy hordiq chiqarish va sport tadbirlari ham o‘tkaziladi. Musobaqalar harbiy amaliy sport turlari, «Bagdar» taktik oriyentirlash va armiya taktik o‘q otish bo‘yicha o‘tkaziladi.

Kiritildi: 22:22 08.07.2024. O'qildi: 857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!