Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonda koronavirus yuqtirgan 500 nafar tibbiyot xodimiga tovon puli to‘landi

Qozog‘istonda koronavirus yuqtirgan 500 nafar tibbiyot xodimiga tovon puli to‘landi

Qozog‘izton Bosh davlat sanitariya vrachi Ayjan Yesmag‘ambetova ish joyida COVID-19 infeksiyasini yuqtirgan tibbiyot xodimlariga to‘lanadigan tovon puli to‘g‘risida gapirib berdi.

"Sog‘liqni saqlash vaziri bilan Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining qo‘shma buyrug‘i mavjud. Unda tovon pulini to‘lash va hujjatlarni ko‘rib chiqish tartibi belgilangan. Shuni ta’kidlash kerakki, hududiy komissiyalar har bir tibbiyot xodimning hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqadi», - dedi u.

Uning aytishicha, agar to‘lov to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, hujjatlar to‘plami Mehnat vazirligi tizimiga kiritiladi.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etilgan va tasdiqlangan to‘lovlarni har kuni nazorat qiladi. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 500 tibbiyot xodimiga tovon puli to‘landi», - dedi A.Esmag‘ambetova.

Kiritildi: 18:23 14.08.2020. O'qildi: 1788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!