Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib, to‘rt kishi halok bo‘ldi va uch kishi jarohat oldi.
Qozog‘iston Transport vazirligi xabar berishicha, hodisa Aktau-Beyneu avtomagistralida sodir bo‘lgan.
Aktaudan Beyneu qishlog‘iga ketayotgan Yutong yo‘lovchi avtobusi haydovchi boshqaruvni yo‘qotganidan keyin ag‘darilib ketgan. Avtobusda 50 kishi bo‘lgan. Jarohatlanganlardan uch nafari kasalxonaga yotqizilgan.
Mang‘istau viloyat polisiyasi hodisaning barcha holatlarini aniqlash uchun tergov olib bormoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, avtobus 2025 yil 19 dekabrda texnik ko‘rikdan o‘tgan. Hodisa sodir bo‘lgan yo‘l qismi II texnik toifaga kiradi, asfalt-beton qoplamaga ega, yo‘l nuqsonlari yo‘q va to‘liq ish holatida.