Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Qozog‘istonda 4 nafar bola cho‘milayotib cho‘kib ketdi

Qozog‘istonda 4 nafar bola cho‘milayotib cho‘kib ketdi

Yoshlari 9dan 12 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar bola Ostona yaiqinidagi Prigorodniy shaharchasidagi "Nura-Esil" kanalida cho‘milayotgan vaqtda cho‘kib ketdi, deb xabar qilgan RIA Novostiga Qozog‘iston IIV FV qo‘mitasi vakili Ruslan Imankulov.

Uning xabariga ko‘ra, bolalarning yo‘qolganligi haqidagi xabar qutqaruvchilarga yakshanba kuni kelib tushgan, ular shu zahotiyoq qidiruv ishlariga kirishganlar.

"Qidiruv ishlari bugun ertalab natija berdi. Ertalab soat 5dan 17 daqiqat o‘tganida Prigorodniy shaharchasining "Nura-Esil" kanalidan 2006, 2007, 2007 va 2009 yillarda tug‘ilgan bolalarning tanalari topilgan va olib chiqilgan. Bolalar yakshanba kuni belgilanmagan joyda cho‘milganliklari oqibatida cho‘kib ketganlar", — deb aytgan Imankulov.

U bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bolalar ota-onalari nazoratisiz qoldirilgan.

 

Kiritildi: 10:47 25.06.2018. O'qildi: 1343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!