Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘iston va Rossiya chegarasida 200 ga yaqin avtomobil tiqilib qoldi

Qozog‘iston va Rossiya chegarasida 200 ga yaqin avtomobil tiqilib qoldi

Qozog‘iston va Rossiya chegarasida kamida 200 ta yuk mashinasi to‘planib qolgan. Kechikishlarga chegaraning Rossiya tomonida, «Sirim» chegara punktidagi muammolar sabab bo‘lmoqda. Navbat 6 iyul kuni paydo bo‘ldi.

“Rossiya Chegara xizmati «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punktidagi inspeksiya-nazorat kompleksi faoliyatidagi mavjud muammolar tufayli yuklarni jismoniy nazorat qilmoqda. Qozog‘iston tomoni Rossiya tomoni bilan vaziyatni hal qilish ustida ishlamoqda”, — deya xabar berdi Qozog‘iston Davlat daromadlari qo‘mitasi matbuot xizmati.

Davlat daromadlari qo‘mitasining ta’kidlashicha, YEOII davlatlari bilan chegaralarda u faqat yuklarni kuzatib boradi, bu esa 5-7 daqiqadan ko‘proq vaqtni oladi va chegarada avtomobillar tirbandligiga olib kelmaydi.

Kiritildi: 13:25 08.07.2024. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!