Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Qozog‘iston O‘zbekistonga kartoshka eksportini chekladi

Qozog‘iston O‘zbekistonga kartoshka eksportini chekladi

Qozog‘iston hukumati O‘zbekistonga kartoshka eksportini 6 oy muddatga chekladi.

«Bu ichki bozordagi narxlarni barqarorlashtirishga qaratilgan», – deb xabar qildi Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonga qo‘shni davlatlar, xususan, O‘zbekiston tomonidan kartoshkaga bo‘lgan talab ortib borayotgani va eksport narxlarining yuqoriligi tufayli uning tannarxi 1,5 barobar (411 ming tonnadan 605 ming tonnagacha) oshgan. Jumladan, o‘tgan haftada eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida narxlarning keskin oshishi (170 tengedan 270 tengegacha) qayd etilgan.

«Ushbu chora YEOII mamlakatlariga taalluqli emas, ammo bu yo‘nalishdagi eksport ham nazorat qilinadi», – deyiladi xabarda.

Kiritildi: 01:20 20.01.2025. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!