Bugun 13 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston-Turkiya reyslari qayta tiklanishi mumkin 

Qozog‘iston-Turkiya reyslari qayta tiklanishi mumkin 

Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi reyslar kelasi oyning uchinchi o‘n kunligida qayta tiklanishi mumkin. Qozog‘istonning Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vaziri Beybit Atamqulov va Turkiya transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailoglu telefon orqali ushbu masalani muhokama qildi, deb xabar beradi Kazinform.

«Tomonlar ikki mamlakatning transport sohasidagi hamkorligining joriy yilning birinchi choragi yakunlarini chiqardi. Temir yo‘l transportida yuk tashish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga o‘sib, 239 ming tonnani tashkil etdi. Avtomobil transporti sohasida 42 foizga o‘sib, 65,2 tonnani tashkil etdi. Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi bo‘yicha tranzit tashish hajmi ikki baravarga ko‘payib, 7,4 ming konteynerga yetdi.

Shuningdek, vazirlar har ikki mamlakatda epidemiologik vaziyat yaxshilanishi va barcha sanitariya talablari va yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratilishi sharti bilan ushbu yilning iyun oyining uchinchi o‘n kunligida parvozlarni qayta tiklash imkoniyatlarini muhokama qilishdi», - deyiladi vazirlik xabarida.

Kiritildi: 08:49 24.05.2020. O'qildi: 2345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!