Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston MSK muxolifat faolini prezident saylovi ro‘yxatiga olishdan bosh tortdi

Qozog‘iston MSK muxolifat faolini prezident saylovi ro‘yxatiga olishdan bosh tortdi

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi jurnalist, muxolifat faoli Inga Imanbayevani zarur hujjatlarni taqdim etmagani uchun prezidentlikka nomzodlar ro‘yxatiga kiritmadi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.

Bayonotda keltirilishicha, “29 sentyabr kuni fuqaro Inga Imanbayeva Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga 2022 yil 20 noyabrda o‘tkazilishi belgilangan prezidentlik saylovida o‘zini nomzod qilib ko‘rsatish haqida ariza berdi. Afsuski, u “Qozog‘iston Respublikasida saylov to‘g‘risida”gi konstitusiyaviy qonunga muvofiq, prezidentlikka nomzodini ko‘rsatish uchun zarur hujjatlarni to‘liq taqdim etmagan”.

Ro‘yxatdan o‘tolmagan jurnalist, Qozog‘iston Demokratik partiyasi faoli Inga Imanbayeva ushbu partiya asoschisi Janbulat Mamayning rafiqasidir.

Kiritildi: 15:41 29.09.2022. O'qildi: 1825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!