Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Qozog‘iston ikkinchi atom elektr stansiyasini qurishga qaror qildi

Qozog‘iston ikkinchi atom elektr stansiyasini qurishga qaror qildi

Qozog‘iston hukumati ikkinchi atom elektr stansiyasini (AES) qurishga qaror qildi.


Bu haqda Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari xabar berishmoqda.


Tegishli farmonni Bosh vazir Oljas Bektenov imzoladi.


Hujjatda "Ikkinchi atom elektr stansiyasi" deb nomlangan yadroviy inshoot qurilishi belgilangan va uning joylashgan joyi sifatida Olmaota viloyatining Jambil tumani ko‘rsatilgan.


Rosatom Qozog‘istonning birinchi AESini quradi; u 2035-2036 yillarda qurib bitkazilishi mumkin. Balxash ko‘lidagi Ulken qishlog‘i yaqinida tadqiqot ishlari 2025 yil 8 avgustda boshlangan.


Xitoyning China National Nuclear Corporation (CNNC) korporasiyasi ikkinchi va uchinchi AESlarni qurishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!