Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qoyil! 4 yashar qiz onasini o‘limdan saqlab qoldi

Qoyil! 4 yashar qiz onasini o‘limdan saqlab qoldi

Angliyaning Sautgempton shahri, Xempshir grafligida 4 yashar qiz onasining hayotini saqlab qoldi. Bu haqda "The Mirror" xabar berdi.

32 yoshli Keti Xamfris 4 yashar qizi Feyi bilan uyda o‘ynab o‘tirardi. Kutilmaganda kuchli astma xuruji tuta boshladi. Ingalyator foyda bermadi, ayol hushini yo‘qota boshladi. 

Keti qiziga «Oyingga yordam kerak», dedi. Shundan so‘ng qizaloq tez yordamga qo‘ng‘iroq qilib, shifokor chaqirdi. U operatorga "Onam nafas ololmayapti", dedi va onasining familiyasini aytdi. 

Opeator shifokorlar kelguncha qadar qizcha bilan gaplashishni davom ettirdi. Qizcha ularga uy manzilini tushuntirdi. 4 yashar qiz uchun u haddan tashqari xotirjam edi. 

«Agar u bo‘lmaganida, hozir tirik qolmagan bo‘lardim. Men nafas ololmayotgandim. Bu men boshimdan o‘tkazgan eng dahshatli xuruj edi», — dedi Keti.

Kiritildi: 17:02 12.05.2020. O'qildi: 4536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!