Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Qosim-Jo‘mart To‘qayevga prezident saylovida yana ishtirok etadi

Qosim-Jo‘mart To‘qayevga prezident saylovida yana ishtirok etadi

Qozog‘istonda kuchga kirgan konstitusiyaviy o‘zgarishlar Qosim-Jo‘mart To‘qayevga prezident saylovida yana ishtirok etish imkonini beradi

Bu haqda Qozog‘iston Konstitusiyaviy sudi To‘qayevning murojaatiga ko‘ra rasmiy sharh berdi.

Unga ko‘ra, yangi konstitusiyada ko‘zda tutilgan cheklovlar faqatgina ushbu hujjat asosida saylangan shaxslarga qo‘llaniladi. Demak, Qosim-Jo‘mart To‘qayev eski konstitusiya asosida saylangani uchun uning muddati ham “nollashadi”.

To‘qayev tashabbusi bilan qabul qilingan Qozog‘iston Konstitusiyasining yangi tahririda prezidentning vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi, ikki palatali parlament o‘rniga bir palatali parlament joriy etildi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ushbu o‘zgarishlar davlatni “superprezidentlik” boshqaruv shaklidan “nufuzli va ta’sirli parlamentga ega” prezidentlik respublikasiga o‘tkazishga qaratilganini ta’kidlagan edi. Biroq mutaxassislar bu tuzatishlar amalda aynan prezident hokimiyatini kuchaytirishini qayd etishgandi.

Kiritildi: 16:05 07.07.2026. O'qildi: 1758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!