Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi emlandi

A A A
Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi emlandi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda To‘qayevning matbuot kotibi Berik Uali "Facebook"dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Bugun davlat rahbari Qarag‘anda farmasevtika zavodida ishlab chiqarilgan «Cputnik V» vaksinasini qabul qildi. Emlashdan so‘ng u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Hech qanday nojo‘ya ta’sir kuzatilmadi», — deb yozdi Uali.

Uning yozishicha, «Prezident Qozog‘iston fuqarolarining emlanishi va jamoaviy immunitet shakllanishigina koronavirusni yengish imkonini berishiga ishonadi».

Avvalroq Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi emlash milliy xavfsizlik masalasi ekanligini ta’kidlagan va vaziyat o‘zgarmaydigan bo‘lsa, butun hukumatni almashtirishini aytgandi.

Kiritildi: 18:47 06.04.2021. O'qildi: 2552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!