Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qosim-Jomart Toqayev: "Yangi Qozog‘istonni qurishni boshladik"

Qosim-Jomart Toqayev: "Yangi Qozog‘istonni qurishni boshladik"

Qozog‘iston davlat boshqaruvi, milliy xavfsizlik tizimi va iqtisodiy siyosatni formatlash hamda isloh qilish ustida ishlamoqda. Bu haqda respublika prezidenti Qosim-Jomart Toqayev «Markaziy Osiyo – Xitoy» sammitida ma’lum qildi, deb yozadi «Zakon.kz».

«Yanvar oyining birinchi kunlarida Qozog‘iston terrorchilar va jangarilarning tajovuziga duch keldi. Qozog‘iston xalqi Xitoy va Markaziy Osiyoning qardosh davlatlaridan ko‘rsatilayotgan yordamni minnatdorchilik bilan qabul qildi. Biz davlat va xalq sifatida bu fojiali voqealardan kerakli saboq oldik va albatta tezda oyoqqa turamiz», dedi Prezident.

Davlat rahbari, shuningdek, Qozog‘istonda hozirda davlat boshqaruvi, milliy xavfsizlik tizimi va iqtisodiy siyosatni formatlash va isloh qilish ustida ish olib borilayotganini ta’kidladi. «Shunday qilib, biz yangi Qozog‘istonni qurishni boshladik», dedi Toqayev.

Kiritildi: 17:34 25.01.2022. O'qildi: 4701 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!