Bolalar bog‘chasidagi ertalabki tomoshada Qorbobo libosidagi erkak kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu voqea Rossiyaning Kemerovo shahrida ro‘y berdi, deb yozadi Interfaks.
Manbaga ko‘ra, bayram tadbirida erkak kishining ahvoli yomonlashgan, u ko‘kragida og‘riq sezayotganini aytgan. Shunda keyin tez tibbiy yordam chaqirilgan, lekin shifokorlar yetib kelgunga qadar Qorboboning joni uzilgan.
Yoshi 67 da bo‘lgan bu kishi ertaklarda bir necha bor Qorbobo rolini o‘ynab bergan edi.
Iyun oyida Svetlogorskda Qorbobo ning sudi bo‘lib o‘tgandi. Ushbu ertak qahramoni kiyimini kiyib olgan erkak kishi shu yil 1 yanvar kuni o‘smirni urgan edi.
Gap shundaki, Qorbobo ko‘chada bir o‘smirni uchratib, undan she’r o‘qishini so‘raydi. Yosh yigit esa uning iltimosini rad etadi. Shundan keyin Qorbobo hassasi bilan uning yuziga tushiradi, o‘smirning jag‘i sinadi. Bu haqda Rambler xabar bergandi.
Manba: xs.uz