Qorakalpog‘istonning Qonliko‘l tumani, «Jana qala» ovulida yashovchi Menlibay Babaqulov dalada qazish ishlarini olib borayotganda qadimgi ko‘zalarni topib oldi. Bu haqda «Makan.uz» xabar berdi.
Menlibay bu ko‘zalarni joriy yilning 12 oktyabr kuni topib olgan. Ikki kun davomida Menlibay bir joyning o‘zidan uzunligi 40 santimetr keladigan 20 dona ko‘zani qazib oladi.
Bu hodisa haqida tuman hokimligiga xabar beradi. Lekin topilmaga qo‘ni-qo‘shnilardan boshqa hech kim qiziqish bildirmaydi.
Shundan keyin OFY rahbari Daryabay Abdullayev bilan maslahatlashib, Nukus shahridan tarixchi G‘ayratdin Xojaniyazovni chaqirishadi. Olim ko‘zalardan namuna olib, ular topilgan joyga yaqinlashmaslikni tayinlab ketadi.
— Hozir oradan shuncha payt o‘tdi. Boshib qotgan, bu ko‘zalarni kimga topshirishim kerak? — taajjublanadi Menlibay Babaqulov.