Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘istonda ko‘ldagi qamishzor yonib ketdi

Qoraqalpog‘istonda ko‘ldagi qamishzor yonib ketdi

Ma’lum bo‘lishicha, Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan Sudochye ko‘li hududida 27 iyul kuni 15:00 atrofida yong‘in sodir bo‘lgan. Qo‘ng‘irot tuman inspeksiyasi va «SudochYE-Aqpetkey» davlat buyurtma qo‘riqxonasining davlat inspektorlari voqea joyiga yetib borgan.

Qayd etilishicha, yong‘in sodir bo‘lgan yerda qamish o‘sadi, holat ko‘l o‘rtasida sodir bo‘lgani sababli uni o‘chirishning iloji bo‘lmagan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in havo harorati anomal darajada keskin ko‘tarilib, qattiq isib ketishi sababli kelib chiqqan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda.

Kiritildi: 23:52 28.07.2021. O'qildi: 3088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!