Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda ham jamoat transporti narxi oshadi

Qoraqalpog‘istonda ham jamoat transporti narxi oshadi

Qoraqalpog‘istonda bugundan jamoat transportida yo‘lkira narxi oshdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi qarorida ma’lum qilingan.

Qaror 2025 yil 20 avgust kuni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, jamoat transportida bir martalik yurish tarifi kuyidagicha belgilandi:

- shahar ichi yo‘nalishli avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish xizmati cheklangan bir martalik tarif naqd pulda yo‘l haqqi (QQS bilan) - 2600 so‘m;

- shahar ichi yo‘nalishli avtobus transportida naqd pulsiz elektron shaklda to‘langan to‘lovlar (transport kartasi, avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori ATTO, masofadan to‘lash imkoniyatiga ega bank kartalar) orqali bir nafar yo‘lovchi uchun (QQS bilan) - 2000 so‘m;

Yo‘lovchilarning umumiy foydalaniladigan transportda shahar yo‘nalishlarida cheklangan tarif rejalariga yurishlar sonidan kelib chiqib chegirmalar va imtiyozlar mazkur qarorning 1- ilovasiga muvofiq, ATTO kartasidan foydalanuvchilar uchun mazkur qarorning 2 ilovasiga muvofiq rag‘batlaniruvchi chegirmalar joriy etiladi.

Shuningdek, shahar ichi, shahar atrofi, tuman markazidan boshlanuvchi shaharlararo yo‘nalishli taksi yo‘nalishida 5 km gacha bir martalik yo‘lovchilarni tashish xizmati tarif (QQS bilan) 3000 so‘m miqdorida belgilandi.

Shuningdek, oddiy yo‘lovchilar, talaba va nogironlar uchun ham tariflar belgilandi.

Avtobusda yurish oddiy yo‘lovchilar uchun oyiga 200 ming so‘mni, yiliga esa 1 mln 642 ming so‘mni tashkil etadi. Pensioner, nogiron, talaba va o‘quvchilar uchun bu miqdor mos ravishda 100 ming va 912 ming so‘mni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:25 20.08.2025. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!