Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda dinozavr suyaklari topildimi?

Qoraqalpog‘istonda dinozavr suyaklari topildimi?

Qoraqalpog‘istonda Sulton Uvays tog‘ tizmalari hududida 75 million yil avval yashab o‘tgan dinozavr suyaklari topildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, mazkur topilma Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti olimlari hamda O‘zbekiston Davlat geologiya muzeyi vakillarining qo‘shma izlanishlari natijasida aniqlangan.

Davlat geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmadshayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu dinozavr O‘zbekiston hududida Bo‘r davrida — 100−65 million yil avval yashab o‘tgan. Uning umurtqa suyagi, ilik suyagi va katta boldir suyagi aniqlangan.

“Bo‘r davrida O‘zbekiston hududida dengiz bo‘lgan joylar bor, quruq bo‘lgan joylar bor. Shu joylarda dinozavrlarning yurgan izlari, suyaklari chiqib kelishi bu fanga ham, umuman aholiga ham qiziqarli. Ayniqsa, hozir turizmni rivojlantirish uchun muzeylar kerak, shunaqa ob’ektlar kerak”, – deydi Ahmadshayev.

Hozirda hududda topilgan suyak qoldiqlarining qaysi turga mansubligini aniqlash bo‘yicha izlanishlar davom etmoqda. Tadqiqot yakunlangach, topilmalar Davlat geologiya muzeyiga topshiriladi.

Kiritildi: 23:25 23.10.2025. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!