Qora va Kaspiy dengizlari Rossiya-Ukraina mojarosi natijasida qarama-qarshilik zonalariga aylanmasligi kerak.
Bu haqda Turkiya Milliy xavfsizlik kengashi (MXK) yig‘ilishidan so‘ng e’lon qilingan bayonotda aytildi.
Yig‘ilish ishtirokchilari, shuningdek, Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi yangilangan qarama-qarshilik mintaqaviy mamlakatlar va global savdo yo‘llari uchun xavf tug‘dirishini ta’kidladilar. Barcha tomonlar kuch ishlatishdan tiyilishga va barqaror tinchlikni ta’minlash uchun muzokaralarga qaytishga chaqirdilar.
Bundan tashqari, Xavfsizlik kengashi a’zolariga PKK/KCK-PYD/YPG, FETÖ va ISHID kabi terroristik tashkilotlarning tahdidlariga qarshi kurashish uchun ichki va xalqaro miqyosda ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berildi.
G‘azo sektoridagi vaziyatga kelsak, Turkiya Xavfsizlik kengashi ba’zi yutuqlarga qaramay, sulhni buzish, Falastin hududlarida Isroil aholi punktlari faoliyatini kengaytirish va muqaddas joylarga qarshi provokasiyalar xalqaro hamjamiyatdan qat’iy pozisiyani talab qilishini ta’kidladi.