Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

“Qora niyat” serialidagi Shahika va Kerem turmush qurmoqda

“Qora niyat” serialidagi Shahika va Kerem turmush qurmoqda

Turk kinosanoatining taniqli vakillari Nesrin Javadzade va Go‘khan Alkan munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlashga ahd qildi. “Izmir” jurnalining Instagram sahifasida ma’lum qilinishicha, aktyor Datcha tumanidagi oilaviy kechki ovqat vaqti qaylig‘iga turmushga chiqishni taklif qilgan.

Nesrin va Go‘khan “Qora niyat” serialida birga suratga tushgan. Nesrin Javadzade turk kinematografiyasining eng yorqin aktrisalaridan biri sanaladi. Uning ishtirokidagi deyarli barcha loyihalar muvaffaqiyatli chiqqan. Ayniqsa, “Qora niyat”dagi ishtiroki sabab mashhurlikka erishgan, ammo rejissor bilan kelishmovchilik tufayli loyihani erta tark etgan.

Yulduzli juftlikning unashtiruv va to‘y sanasi noma’lum. Bu haqda ular keyinroq matbuotga ma’lumot beradi.

Kiritildi: 14:03 05.08.2021. O'qildi: 4100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!