Gresiya kompaniyasi tomonidan boshqariladigan Skiros neft tankeri Novorossiysk yaqinidagi Kaspiy quvur liniyasi konsorsiumi terminalida Rossiya neftini yuklaganidan so‘ng Qora dengizda hujumga uchradi.
Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.
Suezmax "Skiros" tankeri bilan bog‘liq voqea 16 avgust kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Kema Rossiya nefti bilan to‘ldirilgan edi.
Maqolada ta’kidlanishicha, bu taxminan uch hafta ichida quvur liniyasi konsorsiumi terminaliga kelayotgan kemaga qilingan birinchi hujumdir.
Skiros boshqaruv kompaniyasi hodisada hech kim jabrlanmaganini xabar qildi.