Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qonunbuzarlik: Toshkentda "Shumaxerning singlisi" qo‘lga olindi

Qonunbuzarlik: Toshkentda "Shumaxerning singlisi" qo‘lga olindi

Toshkentda yo‘l-harakati xavfsizligi inspektori tomonidan Lacetti avtomobilining 25 yoshli ayol haydovchisiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzildi deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

18 oktyabr kuni ijtimoiy tarmolarda Lacetti avtomobili va uning orqasida quvib ketayotgan YPX avtomobili  videolavha tarqalgan edi. Ma’lum bo‘lishicha 17 oktyabrya soat 22:35 larda Toshkent Halqa yo‘lining Olmazor tumanidan o‘tgan qismida YPX inspektori davlat raqami  01D616VV bo‘lgan Lacetti avtomobiliga to‘xtatish haqida ishora qiladi.

Haydovchi esa to‘xtash o‘rniga tezlikni oshirib YPX inspektoridan yashirinishga urinadi. Patrul avtomobili bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan qoidabuzar haydovchi harakatini davom ettiradi. Qochib ketishga urinish jarayonida haydovchi yo‘lning qarama-qarshi tomonidan ham harakatlanadi.

Bir necha daqiqa "poygadan" so‘ng avtomobil Yunusobod tumanidagi Kaymakova ko‘chasida to‘xtatiladi. Tekshirish davomida avtomobilni boshqargan haydovchi 25 yoshli Toshkent viloyatida yashovchi Gulira’noning avtomobilni boshqarish uchun kerakli hujjatlarining barchasi yo‘qligi aniqlanadi.

Unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135 (kerakli hujjatlarsiz TVni boshqarish) hamda 194 (YPX inspektorining qonuniy talablarini bajarmaslik) bandlari bo‘yicha bayonnomalar tuzildi. Avtomobil  jarima maydonchasiga joylashtirildi.

 

Kiritildi: 15:22 20.10.2019. O'qildi: 4126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!