Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qiziqarli foto! 10 oylik Putin

Qiziqarli foto! 10 oylik Putin

Bishkekning O‘sh shahrida akusher-ginekolog o‘z nevarasiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin sharafiga ism qo‘ydi. AKIpress’ning yozishicha, bolaning buvasi Kamaldin Aydarov Rossiya prezidentini juda hurmat qilgani uchun nevarasiga Putin deb ism qo‘ygan va u katta bo‘lgach Putindek xarakterga ega bo‘lishini xohlaydi. Bu haqda "Daryo" nashri yozmoqda.

«Nevaramning ismi Aydarov Putin Chingizovich. Uning otasining ismi Chingiz bo‘lib, yozuvchi Chingiz Aytmatov sharafiga qo‘yilgan», — deb qo‘shimcha qilgan Kamaldin Aydarov.

Bolaning otasi Chingiz Aydarov o‘g‘li yaqinda bir yoshga to‘lishini aytgan. «U 2018 yilning 24 iyulida tug‘ilgan. Otam unga Putin ismini berishga qaror qilgan, biz qarshi bo‘lmaganmiz», — degan u.

Kiritildi: 10:29 14.06.2019. O'qildi: 3546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!