Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta IIning xavfsizlik kamaridan foydalanmay mashinani boshqarganligi aniqlandi. The Daily Mail gazetasining xabariga ko‘ra, bu holat uning turmush o‘rtog‘i Shahzoda Filipp bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisadan so‘ng kuzatilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada xavfsizlik kamarlaridan foydalanmagan holda mashinani boshqarish qonunni buzish deb hisoblashadi. Bu harakatga 100 funt miqdorida jarima solinadi.