Shanba kuni Qirol Karl III rasman davlat rahbari, deb e’lon qilindi. Yangi monarxni tanishtirish marosimi barcha milliy telekanallar orqali namoyish etildi.
Tantana Kanada general-gubernatori Mer Saymonning Ottavadagi qarorgohi Rido-Xollda bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh vazir Jastin Tryudo va Vazirlar Mahkamasining a’zolari ishtirok etishdi.
Saymon va Tryudo bu haqdagi tegishli hujjatni imzolashdi.
Mazkur voqea sharafiga to‘rtta quroldan 21 marta o‘q otildi.