Bugun 4 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qirol Charlz III o‘z dafn marosimi rejasini ishlab chiqdi

Qirol Charlz III o‘z dafn marosimi rejasini ishlab chiqdi

Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga qarshi kurash fonida o‘z dafn marosimi rejasini ishlab chiqdi. Bu haqda RadarOnline nashri manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, monarx shahzoda Uilyam bilan marosim tafsilotlarini hali muhokama qilmagan, biroq taxt vorisi davlat boshqaruvida yetakchi rolni o‘z zimmasiga olishga tayyor.

Qirolning sog‘lig‘i yomonlashgani shahzoda Harri bilan sentyabr oyida - 19 oy ichida birinchi marta uchrashishiga sabab bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, Charlz III kenja o‘g‘lini xayrlashuv marosimida ko‘rish istagini bildirgan.

Qirol dafn marosimini qirolicha Yelizaveta II bilan vidolashuv marosimi kabi keng ko‘lamda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Tadbirga yuzlab siyosatchilar, ma’naviy yetakchilar va oilaning do‘stlari taklif etiladi. Ammo taklif etilganlar ro‘yxatida sobiq shahzoda Endryu va uning sobiq rafiqasi Sara Fergyuson bo‘lmaydi.

Kiritildi: 22:35 03.11.2025. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!