Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qirg‘izlar nega o‘zbekistonlik harbiylardan norozi bo‘ldi?

Qirg‘izlar nega o‘zbekistonlik harbiylardan norozi bo‘ldi?

O‘sh viloyati Aravan tumani Kerkidan qishlog‘i hokimi Kurmanbek Aytibayev tumanda vaziyat barqaror ekanligi va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilganini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 10 sentyabr kuni O‘zbekiston harbiylari Kerkidan suv ombori tumanidagi qirg‘iz-o‘zbek chegarasida to‘siqlar o‘rnatish ishlarini boshlashdi. Qirg‘izistonliklar bu to‘siqlar o‘rnatilishi noqonuniy deb hisoblab, ushbu joyda miting o‘tkazishdi.

Kerkidan qishlog‘i hokimi Kurmanbek Aytibayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston harbiylari Kerkidan suv ombori yaqindagi “o‘z uchastkasida” to‘siqlarni o‘rnatishgan.

“Bu uchastkada ikki davlat idoralari tomonidan amalga oshirilgan muzokaralarda hisobga olingan. Biroq davlat chegara belgilari o‘rnatilmagan... Huquq-tartibot organi aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirdi. Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror, odamlar tarqab ketdi”, - deb ta’kidladi Aytibayev.

 

Kiritildi: 15:51 11.09.2019. O'qildi: 3908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!