Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘izistonda sayyoh daradan sakrash paytida halok bo‘ldi

Qirg‘izistonda sayyoh daradan sakrash paytida halok bo‘ldi

Alamudun viloyatida fuqaro qoyadan sakrashi oqibatida halok bo‘ldi, Flyjump sport majmuasi egasi qo‘lga olindi, deb xabar beradi Kabar.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, bugun taxminan soat 13:30 larda Tatir qishlog‘i ro‘parasida joylashgan Flyjump sport majmuasida qoyadan sakrab o‘tish chog‘ida arqon uzilib ketgan, natijada 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro B.A. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat Alamudun tumani IIB tomonidan qayd etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi.

To‘plangan materiallar va jabrlanuvchining yaqinlarining arizasi asosida mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 297-moddasi (Iste’molchilarga xavf tug‘dirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar bilan ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanib, Jinoyat-prosessual kodeksining 96-moddasiga asosan, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro N.A. vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Hozirda tegishli ekspertizalar tayinlanib, zarur tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:07 07.07.2024. O'qildi: 1166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!