Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston tarixida ilk bor BMT Xavfsizlik Kengashiga saylandi

Qirg‘iziston tarixida ilk bor BMT Xavfsizlik Kengashiga saylandi

Qirg‘iziston o‘z tarixida birinchi marta Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylandi.

BMT Bosh Assambleyasida bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida Qirg‘iziston ushbu o‘rin uchun Filippin bilan raqobat qildi. To‘rt bosqichli ovoz berishdan so‘ng mamlakat zarur bo‘lgan uchdan ikki qism ko‘pchilik ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Yakuniy bosqichda Qirg‘iziston nomzodini 142 davlat qo‘llab-quvvatladi.

2027 yil 1 yanvardan boshlab Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zolari sifatida Avstriya, Zimbabve, Portugaliya va Trinidad va Tobago ham faoliyat boshlaydi.

Ular o‘rnini esa vakolat muddati 2026 yil 31 dekabrda yakunlanadigan Gresiya, Daniya, Pokiston, Panama va Somali egallab turgan o‘rinlar bo‘shatadi.

Bu qaror Qirg‘iziston uchun xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va global xavfsizlik masalalari muhokamasida faol ishtirok etish imkonini beradi.

Kiritildi: 23:28 03.06.2026. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!