Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘iziston hukumati Afg‘onistondan kelgan gazli ichimlik sotuvini taqiqladi

Qirg‘iziston hukumati Afg‘onistondan kelgan gazli ichimlik sotuvini taqiqladi

Laboratoriya tekshiruvlarida Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan "Golden life" anorli gazli ichimlik tarkibida bolalar salomatligiga zarar beradigan azorubin E-122 bo‘yog‘i aniqlangan.

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida savdo nuqtalaridan Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan “Golden life” (Zolotaya jizn) anorli gazlangan ichimlik sotuvdan olib tashlangan. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga tayanib, mahalliy qirg‘iz nashrlari xabar bermoqda.

Ishlar Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklarning oldini olish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti buyrug‘iga asosan amalga oshirilgan.

Xabarlarga ko‘ra, laboratoriya tekshiruvlarida ichimlik tarkibida, bolalarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan azorubin E-122 bo‘yog‘i aniqlangan.

Chakana savdo tarmoqlari rahbarlariga ham ushbu mahsulotni sotishni taqiqlash bo‘yicha buyruq berilgan.

Kiritildi: 18:46 05.07.2024. O'qildi: 992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!