Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Qirg‘iziston 2027 yildan boshlab raqamli somni joriy etadi

Qirg‘iziston 2027 yildan boshlab raqamli somni joriy etadi

Qirg‘izistonda raqamli somni joriy etish 2027 yil 1 yanvarga rejalashtirilgan.

Bu haqda 24 fevralda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Qirg‘iziston Respublikasi Milliy banki raisining o‘rinbosari Azat Kozubekov ma’lum qildi, deb xabar beradi Kabar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli qonun belgilangan sanadan kuchga kiradi va shu vaqt ichida raqamli som rasman muomalaga kiritiladi.

Hozirda Milliy bank loyihani amalga oshirish bo‘yicha hamkorlari bilan ishlashni davom ettirmoqda.

Raqamli som – bu Milliy bank tomonidan chiqarilgan milliy valyutaning raqamli versiyasi. U qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi va bitta raqamli som bitta naqd somga teng. Raqamli valyuta regulyator kafolatlari bilan ta’minlanganligi sababli, mablag‘larni qaytarib olish imkoniyati taqdim etiladi.

Bundan tashqari, Kozubekov sinov loyihasini amalga oshirish bo‘yicha batafsil ma’lumot bu yil taqdim etilishini aytdi. Ushbu loyiha regulyator uchun asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi, deb xabar berdi oz.inform.kz.

Kiritildi: 21:15 26.02.2026. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!