Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qilichbozlik. JCh finalida ikki sportchimiz to‘qnash kelishdi

Qilichbozlik. JCh finalida ikki sportchimiz to‘qnash kelishdi

Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun yuqori notada tugadi. O‘smirlar toifasida qatnashgan sablyachilarimiz bugungi bahslarni bittadan oltin, kumush va bronza medallari bilan yakunlashdi.

Qayd etish joiz, yigitlar o‘rtasidagi finalda ikki nafar hamyurtimiz Sardor Abdukarimov va Alpamis Urakbayev chempionlik uchun jang qilishdi. O‘ziga xos «o‘zbekcha duel»da Sardor 15:14 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Abdukarimov oltin, Urakbayev esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasida kechgan bahslarda esa yarim finalgacha yetib borgan Nargiza Jaksibayeva bronza medali bilan taqdirlandi. Ahamiyatlisi, Jaksibayeva o‘tgan yili Bolgariyada o‘tgan dunyo birinchiligida ham shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olgan edi.

Kiritildi: 09:53 20.04.2024. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!