Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qayta ishlangan «Qirol Sher» multfilmi treyleri chiqdi (video)

A A A
Qayta ishlangan «Qirol Sher» multfilmi treyleri chiqdi (video)

Walt Disney studiyasi «Qirol Sher» multfilmining remeyki (qayta ishlangan versiyasi) tizerini e’lon qildi, deb yozadi «Gazeta.ru».

Rolikda savanna jonivorlari qirol Mufasaning yangi tug‘ilgan merosxo‘ri — Simbani ko‘rish uchun qoya yonida yig‘ilgani aks etgan.

Remeykka Jon Favro rejissyorlik qiladi. Jon Oliver, Chivetel Ejiofor, Set Rogen va Donald Glover kabi aktyor va qo‘shiqchilar qahramonlarga ovoz beradi.

«Qirol Sher» multfilmi ekranlarga 1994 yilda chiqqan. U uchta «Oltin globus» va ikkita «Oskar»ni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 12:55 23.11.2018. O'qildi: 4915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!