Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Qaysi toifadagi shaxslar uchun pensiya va nafaqalari uyigacha yetkazib beriladi?

Qaysi toifadagi shaxslar uchun pensiya va nafaqalari uyigacha yetkazib beriladi?

I va II guruh  nogironligi bo‘lgan shaxslar va mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni sayyor kassalardan olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlar «Xalq banki» filiali tomonidan bevosita ularning yashash joyiga yetkazib beriladi. Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2018 yil 14 martda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «O‘zbekiston Respublikasi AT «Xalq banki» bo‘linmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish to‘g‘risida»gi yo‘riqnomaning 6-bandiga asosan tartibga solinadi.

Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining ma’lum qilishicha, «Xalq banki» filiali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda har oyning yigirma yettinchi sanasiga qadar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni sayyor kassalardan olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatini shakllantirib, tegishli Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limiga elektron va yozma shaklda taqdim etadi.

«Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari har oyda «Xalq banki» filiali tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni sayyor kassalardan olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslar qaydnomalariga tegishli o‘zgartirish kiritib boradi», – deyiladi xabarda.

Kiritildi: 18:26 07.01.2021. O'qildi: 2675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!