Saudiya Arabistoni haj va umra vazirigi qatarlik ziyoratchilar Qatarga tegishli bo‘lmagan har qaysi aviakompaniya bilan hajga kelishi mumkinligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Anado‘lu”.
Vazirlik 2018 yilgi haj mavsumi uchun tayyorgarlik tugagani, joriy yilda dunyoning turli mamlakatlaridan 2 millionga yaqin ziyoratchi kelishi kutilayotganini bildirdi.
Qatarlik ziyoratchilar Qatarga tegishli bo‘lmagan har qaysi aviakompaniya bilan Jiddadagi Xalqaro qirol Abdulaziz aeroportiga kelishlari mumkin, haj amallarini bajarish uchun esa onlayn tizimda ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyunida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi.
Manba: azon.uz