Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Qatar BAA ustidan xalqaro sudga arz qildi

A A A
Qatar BAA ustidan xalqaro sudga arz qildi

Qatar hukumati mazkur mamlakatga qarshi “qamal bilan bog‘liq noqonuniy amaliyotlar” tufayli Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) ustidan BMT xalqaro sudiga shikoyat qildi.

Bu haqda Qatar tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lulva Rashid al-Xotir Tvitter orqali ma’lum qilgan bo‘lsa-da, shikoyat borasidagi tafsilotlarni oshkor etmadi. BAA tomoni hozircha biror munosabat bildirgani yo‘q.

O‘tgan yilning 5 iyunida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misrning Qatar bilan diplomatik aloqani uzishi va unga qarshi iqtisodiy qamalni boshlashi ko‘rfaz hududida inqirozni keltirib chiqargan edi.

Avvalroq Qatar tomoni BAA va Bahraynni bir necha bor havo chegaralarini buzishda ayblab, BMTga shikoyat qilgan edi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 11:30 12.06.2018. O'qildi: 1829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik