Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qatar amiridan Erdo‘g‘anga sovg‘a: dunyodagi eng qimmat xususiy samolyot (foto+video)

Qatar amiridan Erdo‘g‘anga sovg‘a: dunyodagi eng qimmat xususiy samolyot (foto+video)

Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Boeing 747-8 samolyotini sovg‘a qildi. ForeignMedia tvitterida shu haqida xabar qilindi. 

Ma’lum bo‘lishicha, bu - dunyodagi eng qimmatbaho xususiy samolyot. Uning narxi - 367 million yevro atrofida. 

Samolyotda turli maqsadlardagi bir necha xona mavjud, unda hatto xususiy shifoxona ham bor. 

Havo kemasi sig‘imi 94 kishi - 76 nafar yo‘lovchi va 18 ekipaj a’zosiga mo‘ljallangan.

Qatar amiri tomonidan Erdo‘g‘anga sovg‘a qilingan samolyot Panasonic ko‘ngilochar mashg‘ulotlar markazi, videokameralar va xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan. 

Bunga qadar Boeing 747-8 faqat amirning oilasi va yuqori  darajali amaldorlarga xizmat ko‘rsatgan.

Kiritildi: 18:01 16.09.2018. O'qildi: 2414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!