Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoning yangi hokimi Zoir Mirzayev 2 ta rahbarni ishdan bo‘shatdi

Qashqadaryoning yangi hokimi Zoir Mirzayev 2 ta rahbarni ishdan bo‘shatdi

2 noyabr kuni Qarshi shahridagi madaniyat va aholi dam olish markazida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Zoir Mirzayev boshchiligida Qarshi shahrida shu kungacha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari atroflicha muhokama qilingan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Yig‘ilishda ayrim yo‘nalishdagi ishlar ahvoli tanqidiy baholangan. Jumladan, o‘rganishlar davomida sanitariya-gigiyena talabiga javob bermaydigan mahsulot ishlab chiqarish va sotish, shaharsozlik normasiga mos bo‘lmagan qurilishlarga ruxsat berish, noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan qurilishlarni amalga oshirish holati aniqlangani tanqid qilingan. Mutasaddilarning bee’tiborligi, o‘z vazifasini to‘laqonli bajarmagani bunga asosiy sabab sifatida ko‘rsatildi.

Shularni hisobga olib, Qarshi shahar davlat sanitariya-epidemiologiya markazi bosh shifokori O.Cho‘liyev, Qarshi shahar qurilish bo‘limi boshlig‘i SH.Bo‘ronov egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Shuningdek, Qarshi shahar hokimining o‘rinbosari U.Avazov ham jiddiy ogohlantirildi va unga ishni to‘g‘ri tashkil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1 oy sinov muddati berildi.

Bundan tashqari, Qarshi shahrida noqonuniy savdo faoliyati oldini olishga lozim darajada e’tibor qaratmagani uchun Qarshi shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i K.Qurbonovning ishda qolish yo qolmaslik masalasini ko‘rib chiqish viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘iga topshirildi.

O‘z ishiga mas’uliyatsiz qaraydigan barcha rahbarlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi bildirildi.

Kiritildi: 10:09 04.11.2019. O'qildi: 3707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!