Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryolik haydovchi ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qashqadaryolik haydovchi ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qashqadaryolik haydovchi ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, 16 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi Q.J. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini tuman hududidan o‘tuvchi “Chiroqchi-Qalqama” avtomobil yo‘lining 18-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmasligi sabab yo‘l chetiga chiqib ag‘darilib ketgan.

Natijada avtomashina yo‘lovchilari S.O. va X.B. ismli ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etishgan.

Kiritildi: 12:14 18.07.2018. O'qildi: 1360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!