Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryolik erkak hamqishlog‘ini katta pulga chuv tushirdi

Qashqadaryolik erkak hamqishlog‘ini katta pulga chuv tushirdi

Joriy yilning 15 may kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tuman prokuraturasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, unda 2018 yil noyabr oyida Chaydari qishlog‘ida yashovchi M.X. hamqishlog‘i N.N.ni tadbirkorlik qilish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasiga ketayotganligini eshitib, unga Shvesariyadagi bankda o‘zining hisobida katta miqdorda puli borligi va Xitoy Xalq Respublikasidagi hisob raqamiga 10 000 AQSh dollari o‘tkazib berishini aytib, undan 3 mln. so‘m pul va 5 000 AQSh dollarini olgan va uning hisob raqamiga pul o‘tkazganligi haqida soxta bank qog‘ozini taqdim qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.X. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:21 16.05.2019. O'qildi: 1757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!