Kecha, 21 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida ayanchli o‘lim hodisasi kuzatildi.
Mazkur tumanda yashovchi T.I. spirtli ichimlik ichgan holda uyiga kelgan. Shundan so‘ng, turmush o‘rtog‘i M.M. (ismli ayol) bilan oilaviy janjal yuzaga kelgan. Janjal davomida M.M. turmush o‘rtog‘i T.I.ga pichoq bilan jarohat yetkazishi oqibatida T.I. voqea joyida vafot etgan.
M.M. Qamashi tumani IIB tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.