Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryodagi YTHda to‘qqiz kishi jabrlandi

Qashqadaryodagi YTHda to‘qqiz kishi jabrlandi

Qashqadaryoda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘qqiz kishi tan jarohati oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Joriy yilning 31 oktyabr kuni soat 21:40da fuqaro N.X. o‘zining boshqaruvidagi fuqaro SH.J.ga tegishli «Lasetti» rusumli avtomashinasini ishonchnoma orqali Qarshi-Ettitom 4R87 avtomobil yo‘lining Yettitom yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, ushbu yo‘lning 50-kilometrida, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan fuqaro R.Z. boshqaruvidagi MCHJga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinani yo‘liga chiqib ketgan holda, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Natijada «Neksiya» avtomashina haydovchisi R.Z. va yo‘lovchilar S.U., E.R., S.K.lar hamda «Lasetti» avtomashina haydovchisi N.H. va yo‘lovchilar D.S., M.R., G.N., N.N.lar tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Kiritildi: 16:29 01.11.2019. O'qildi: 2169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!