Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

“Qashqadaryodagi MIB faoliyati boshqadaryochami?”. Byuro munosabat bildirdi

“Qashqadaryodagi MIB faoliyati boshqadaryochami?”. Byuro munosabat bildirdi

Joriy yilning 19 mart kuni “Rasmiy.uz” telegram kanalida “Qashqadaryodagi MIB faoliyati boshqadaryochami?” sarlavhali xabar joylashtirildi. Unda sud qarori ijrosi ta’minlanmayotganligi haqida bayon etilgan. Ushbu xabar Byuroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, Byuroning Nishon tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 27.01.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan undiruvchi F.Ibotova va S.Ibotovalar foydasiga barcha meros mol-mulklar hisobidagi ulushi uchun javobgar S.Saxibov va boshqalardan jami 106 mln. 84 ming so‘m kompensasiya puli undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari bo‘lim ish yurituviga 01.03.2022 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorlarning nomida mol-mulklari aniqlanmagan va ularning Respublika hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Shuningdek, qarzdor S.Soxibovga nisbatan davlat ijrochisining 26.10.2022 yildagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 198-1-moddasiga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari ya’ni 1 mln. 500 ming so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilgan va davlat foydasiga undirilgan.

23.03.2023 yilda bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan meros sifatida qoldirilgan “Sohib petrol” nomli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi xatlab olingan. Kelgusida, qarzdorlik to‘lab berilmaganda, ushbu xatlangan mulkni elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘i, qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 16:18 25.03.2023. O'qildi: 3881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!