Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda ommaviy mushtlashuv: sababi tushunarsiz

Qashqadaryoda ommaviy mushtlashuv: sababi tushunarsiz

Qashqadaryo. 2020 yilning 28 may kuniga o‘tar kechasi soat 03:00da 33 yoshli R.N. boshqaruvida bo‘lgan “Nexia” rusumli avtomashinasida jiyani, 22 yoshli U.SH. va tanishlari 26 yoshli P.SH., 25 yoshli SH.K. va 26 yoshli I.S., larni yashash uyiga tashlab ketish uchun Koson tumani Obod ko‘chasida avtomashinani to‘xtatib, ular bilan xayrlashyotgan vaqtida, ularning ortidan o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan, 20 yoshli O.D. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ 2106” rusumli avtomashinasida o‘zining tanishlari 22 yoshli I.X., 21 yoshli O.R., 19 yoshli B.N. va 22 yoshli D.F. lar bilan birga kelib, o‘zaro bir-birlari bilan salom-alik qilayotgan vaqtida SH.Q. O.N., ning qo‘lini siqib ko‘rishib, hech bir sababsiz, biqin sohasiga musht bilan urganligi sababli, O.N. o‘z navbatida mushti bilan SH.Q., ning yuz qismiga urib yiqitgan.

Ushbu holatdan so‘ng yiqilgan SH.Q., ning tanishi mast holatda bo‘lgan I.S. SH.K., ni urib yiqitgan O.N., ning mast holatdagi tanishi I.X. bilan o‘zaro janjallashib qolib, natijada I.X. yonida olib yurgan oshxona pichog‘ini I.S.ning chap tomon yelkasining orqa sohasiga bir marotaba sanchib olib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada, I.S. tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuz bergan vaqtda shu yerda bo‘lgan barcha shaxslar bilan tergov harakatlari olib borimoqda.

Kiritildi: 12:30 30.05.2020. O'qildi: 7087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!