Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda mudhish YTH: bir kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda mudhish YTH: bir kishi halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida sodir bo‘lgan avtohalokatda 9 kishi halok bo‘ldi, ikki bola tirik qoldi degan xabarlar tarqaldi. Ammo viloyat IIB YHXB axborot xizmati bu ma’lumotlarni rad etdi va voqea bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, hodisa 2025 yil 7 noyabr kuni soat 17:20 larda M-39 “Toshkent-Termiz” avtomagistral yo‘lining 1257-kilometrida Nexia-2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan.

Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, avtohalokat oqibatida bir nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Yana ikki kishi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini tekshirilmagan va asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

Kiritildi: 22:35 07.11.2025. O'qildi: 1143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!