Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda mehmon aka-ukalarni jarohatladi

Qashqadaryoda mehmon aka-ukalarni jarohatladi

2019 yil 27 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi G.T.(ismli ayol)ning uyida mehmonda bo‘lgan tanishi S.B. o‘zaro janjal oqibatida Arabxona mahallasida yashovchi J.Q.ning qorin va o‘ng oyoq son qismiga va uning akasi SH.Q.ning qorin va o‘ng qo‘l yelka qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, aka va ukalar kasalxonaga yotqizilganlar. S.B. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:57 30.03.2019. O'qildi: 1412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!