Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda mahalla raisi MIB xodimini bolta bilan jarohatladi

Qashqadaryoda mahalla raisi MIB xodimini bolta bilan jarohatladi

Qashqadaryoning Kasbi tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Majburiy ijro byurosining xodimini bolta bilan jarohatladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga tayanib "Daryo" xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yanvar kuni ko‘ngilsiz holat MIB xodimining sud hujjati ijrosi jarayonida ro‘y bergan. Ya’ni sud hujjatlari bo‘yicha qarzdor B.Q.dan davlat foydasiga 10 731 742 so‘m soliq qarzdorligi hamda 429 270 so‘m davlat bojini undirish belgilangan. Biroq MFY raisi (ayni vaqtda qarzdor) ijro harakatlarini amalga oshirayotgan xodimning ishiga to‘sqinlik qilib, xonadonidan olib chiqqan bolta bilan uning chap yelkasi orqa tomoniga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda holat bo‘yicha Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:03 21.01.2021. O'qildi: 2813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!